Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida taqdimot o‘tkazildi.
Joriy yilning 30-mart kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir — kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tursunova Fazilat hamda kutubxona mutaxassislari hamkorligida tashkil etildi.
Taqdimot atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida o‘tkazildi. Tadbir avvalida M. Rahimova tomonidan adibning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning jahon adabiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng F. Tursunova asarning yaratilish tarixi, asosiy g‘oyasi, qahramonlari hamda voqealar rivoji haqida atroflicha to‘xtalib, asardan chiqariladigan hayotiy xulosalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘quvchilarga ushbu asarni mutolaa qilishni tavsiya etdi.
Taqdimot davomida o‘quvchilar ishtirokida asar qahramonlari va undagi voqealar yuzasidan savol-javoblar tashkil etilib, faol muloqot muhiti yaratildi.




