“Buyuk allomalarga ehtirom” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Buyuk allomalarga ehtirom” nomli davra suhbati tashkil etildi.
🔴Tadbir davomida o‘quvchilar ochiq osmon ostidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ushbu davrlarda ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅Davra suhbati orqali yosh avlod qalbida ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsad qilindi.



