“Buvimdan bir ertak” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Koʻchma kutubxona” loyihasi doirasida 5-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Buvimdan bir ertak” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga “Uchar hammom” nomli ertak mazmunli va qiziqarli tarzda soʻzlab berildi. Ertak bolalarda katta taassurot qoldirib, ularning qiziqishiga sabab boʻldi.
Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilar ham faol ishtirok etib, oʻzlari bilgan turli ertaklarni soʻzlab berdilar. Tadbir bolalarning kitob va ertaklarga boʻlgan mehrini oshirish, ularning tasavvur olamini boyitishda muhim аҳamият kasb etdi.


