“Buvim ertak aytganda” shiori ostida ertak soati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-sentabr kuni Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari 5-son DMTT ko'chma kutubxonasida tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Buvim ertak aytganda” shiori ostida ertak soati tashkil etildi.
🔴Tadbir davomida bolajonlarga xalq ogʻzaki ijodining sevimli namunalaridan biri bo‘lgan “ Sher bilan sichqon” ertagi ifodali tarzda aytib berildi. Ertak orqali halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va adolat kabi ezgu fazilatlar targ‘ib qilindi.
Bolalar ertak voqealarini katta qiziqish bilan tinglab, qahramonlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ertaklarga mehr uygʻotish va maʼnaviy-axloqiy tarbiya berishdan iborat bo‘ldi.


