"Buvim aytgan ertaklar" shoiri ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 13-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Buvim aytgan ertaklar" shoiri ostida davra suhbati tashkil etildi. Dastlab markaz xodimi tomonidan jajji kitobxon o'quvchilarga "G'ozlar qaytgan kun" nomli ertak aytib berildi. Shu bilan birgalikda ushbu ertak xususida bahs munozara hamda savol- javoblar tashkil etildi. Oʻquvchilar ham oʻzlari oʻqigan ertaklardan parchalar aytib oʻtishdi. Davra suhbatiga 15 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.