“Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida "Ertaklar olamida ulg'ayamiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-sentyabr sanasida "Munisa" DMTT ning tarbiyalanuvchi jajji bolajonlari ishtirokida “Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida "Ertaklar olamida ulg'ayamiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖Davra suhbatida Haydarova Raʼno onamiz bolajonlarga bir-biridan qiziq boʻlgan ertak va hikoyalar soʻzlab berdilar.
Suhbat davomida bolajonlarga oʻzbek xalq ertaklaridan biri boʻlgan “Zumrad va Qimmat” ertagi ham aytib berildi. Ertak orqali bolalarga mehnatsevarlik, odoblilik, halollik va mehr-oqibat kabi fazilatlarning ahamiyati tushuntirildi.
🌱Tadbir bolajonlarning xalq ogʻzaki ijodiga boʻlgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.


