"Buvim aytgan ertaklar" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi .
Joriy yilning 2-dekabr sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Koʻchma kutubxona doirasida 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida "Buvim aytgan ertaklar" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi .Ushbu suxbatning bosh maqsadi-xalq ogʻzaki ijodi, ayniqsa, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan bebaho ertaklarimizni yana bir bor eslab ularni yoshlar ongiga singdirishdir. Bugungi tadbirda markaz xodimi tomonidan buvilarimiz aytib bergan mehr - muhabbatga toʻla, donolik va ibrat bilan sugʻorilgan ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati haqida soʻzlab berildi.


