“Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona doirasida 3-sonli DMMTda “Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida bolajonlar mehribon buvijon obrazida aytilgan qiziqarli ertaklarni tinglab, ertaklar olamiga sayohat qildilar. Ularning qiziqishi va e’tibori jarayon davomida yanada ortdi.
📝Ertaklar orqali bolalar ezgulik, mehr-oqibat va do‘stlik kabi fazilatlarni o‘rganadilar. Bunday tadbirlar bolalarning dunyoqarashi va nutqining o‘sishida katta ahamiyatga ega.


