“Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona loyihasi doirasida 7-sonli kichik guruh bolalari ishtirokida “Buvim aytgan ertaklar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda milliy qadriyatlarga mehr uygʻotish, xalq ogʻzaki ijodiga qiziqishni oshirish hamda kattalarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida bolajonlar faol ishtirok etib, ertaklarni katta qiziqish bilan tingladilar. Ushbu tadbir bolalarda ezgulik, rostgoʻylik, mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.


