"Buvim aytgan ertaklar"shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻchma kutubxona doirasida 5-sonli DMTT maktabgacha taʼlim muassasasida "Buvim aytgan ertaklar"shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.Bolalarga "Uchar gilam"kitobidan turli xil ibratli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ertaklar soʻzlab berildi.Ertaklar bolalarga juda manzur boʻldi va ular ham oʻzlari bilan ertaklarni soʼzlab berishdi.