“Buvim aytgan ertaklar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 24-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonamizda “Buvim aytgan ertaklar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Rano buvijonimiz bolalarga bir-biridan qiziqarli va ibratli ertaklarni so‘zlab berdilar. Ertaklar orqali bolalarga odob-axloq, to‘g‘ri so‘zlash va yaxshilik qilish kabi ezgu fazilatlar singdirildi.
💎Kutubxona esa ana shunday ertaklar va kitoblar xazinasi hisoblanadi. Bu yerda biz nafaqat ertaklarni o‘qiymiz, balki ularni birgalikda muhokama qilib, ulardan xulosa chiqaramiz.



