Bunyodkor MFY hududidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumani Bunyodkor MFY hududidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktab kutubxonachisiga mavjud hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda kutubxona ish jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📖Amaliy yordam jarayonida kitoblarning kitobxonlarga berilishi va qaytarilishi, kitobxon kundaligi, kitobxon formulyarlari, jamlanma hisobga olish hamda inventar kitoblarining mavjudligi va yuritilish holati ko‘rib chiqildi.

