"Bolalik va kitob – porloq kelajak sari" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ochiq osmon ostida yosh kitobsevar bolalar ishtirokida "Bolalik va kitob – porloq kelajak sari" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad yosh avlodning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo'ldi.
Ko'rgazmada bolalar adabiyoti namunalari, ertaklar, sarguzasht asarlari, ilmiy-ommabop kitoblar, qomuslar va yosh kitobxonlar uchun tavsiya etilgan eng sara adabiyotlar namoyish etildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, ularning mazmuni haqida foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Mazkur ko'rgazma bolalarda kitob o'qishga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirib, ularni bilim olishga, izlanishga va muntazam mutolaa qilishga undadi.


