"Bolalar qalbida yashagan shoir" nomli davra suhbati tashkil qilindi
Joriy yilning 25-dekabr sanasida Doʻstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 3-sinf oʻquvchilari bilan Poʻlat Moʻminning hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Bolalar qalbida yashagan shoir" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida adibning bolalar adabiyotidagi oʻrni, she'r va ertaklarida bolalarga xos sodda tafakkur, samimiylik hamda hayotiylik mujassam ekanligi alohida ta'kidlandi. Davra suhbatida "Ochkoʻz boy" ertagi bolalarga soʻzlab berildi. Bolalar bilan savol-javoblar qilindi. Shuningdek oʻquvchilar ham oʻzlari yod olgan she'rlaridan aytib berdilar. Davra suhbatida 30 nafar oʻquvchi qatnashdi.



