“Bolalar – kelajagimiz poydevori” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 1-iyun sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalar – kelajagimiz poydevori” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Bolalar kulgusi – dunyoning eng go‘zal ohangi. Har bir bolaning baxtli va beg‘ubor bolaligi jamiyatimizning eng katta boyligidir. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir bolajonlarga quvonch ulashish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, bayramona kayfiyat yaratish maqsadida o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, sog‘lom ulg‘ayishi va baxtli hayot kechirishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bolalar o‘rtasida turli qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar va musobaqalar tashkil etildi.
Faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bolajonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


