Bog‘zor MFY raisi bilan ko‘chma kutubxona faoliyatini mahallada yo‘lga qo‘yish masalasida uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bog‘zor MFY raisi bilan ko‘chma kutubxona faoliyatini mahallada yo‘lga qo‘yish masalasida uchrashuv o‘tkazildi.
💬 Uchrashuv davomida mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, kitoblarni yetkazib berish va almashtirib turish masalalari muhokama qilindi. Yakunda Bog‘zor MFY va ko‘chma kutubxona o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
