“Bizning sevimli maskan” nomi sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 29-iyul sanasida Do‘stlik tuman "Ziyo" o‘quv markazining yosh o‘quvchilari tomonidan“Bizning sevimli maskan” nomi sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida yosh o‘quvchilar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, turli janrdagi adabiyotlar hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📝O‘quvchilarga kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni, mutolaa madaniyati va kitobdan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishdilar.
Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kutubxonaga yana tashrif buyurish istagini bildirdilar.


