“Biz kitob va kuz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 17-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Biz kitob va kuz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
🗞Tanlov davomida ishtirokchilar kuz faslining betakror go‘zalligi, tabiat manzaralari va kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatni o‘z ijodiy ishlari orqali mahorat bilan aks ettirdilar. Har bir rasmda ishtirokchilarning tasavvuri, ijodiy yondashuvi va mutolaaga bo‘lgan qiziqishi namoyon bo‘ldi.
📜Mazkur ijodiy tanlov yoshlarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, shuningdek, ularning ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qildi.



