“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida yoshlar va kitobxonlarga giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berilib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.