“Bir asar tarixi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida joriy yilning 29-yanvar sanasida kutubxona xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida afg‘on adibi Xolid Husayniyning “Ming quyosh shulasi” asarining mazmuni ishtirokchilarga batafsil so‘zlab berildi.
Asar ayol-qizlarni tinch va osoyishta hayot, vatan tinchligi va qadriyatlarini e’zozlashga chorlagani bilan barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va tadbir qatnashchilariga manzur bo‘ldi.


