“Bir asar tarixi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 5-oktabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bunyodkor MFY hududida joylashgan
9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol o‘quvchilari hamda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📝Tadbir davomida taniqli yozuvchi Tohir Malikning “Tiriklik suvi” asari keng tarzda yoritib berildi. Ishtirokchilarga asarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Suhbat davomida asarda inson hayoti, uning ma’naviy olami, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, to‘g‘ri yo‘l tanlash hamda hayotning qadriga yetish kabi muhim masalalar yoritilgani ta’kidlandi.


