“Bir asar tarixi” shiori ostida Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumining 206-guruh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 24-fevral sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bir asar tarixi” shiori ostida Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumining 206-guruh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Talabalarga Yuzuvchi Jasur Jabborovning “Jaholat asirasi” kitobi mazmuni va mohiyati tushuntirildi. Asar qahramoni Maxzunaning boshidan kechirgan voqealari talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular asardagi vaziyatlardan o‘zlari uchun kerakli xulosalarni chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar.
Davra suhbatining so‘ngida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbirda jami 13 nafar talaba ishtirok etdi.


