"Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi
Joriy yilning 11-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Infolib haftaligi doirasida "Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi va Ibroxim Unsalning ,,Jonim onam" asari yoritib berildi. Asar qahramonlari haqida kitobxon o'quvchilarni fikrlari keng mulohaza qilindi. Davra suhbati kitobxonlarni mustaqil fikrlashga, asardan olgan hulosalariga o'zlari ham amal qilishga o'rgatadi. Davra suhbati barcha o'quvchi yoshlarga birdek manzur bo'ldi va 22ta kitobxon o'quvchilar ishtirok etishdi.