“Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 7-oktabr kuni Do‘stlik tumani Ixtisoslashgan maktabida faol o‘quvchilar ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda asarlarni mutolaa qilish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📝Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr va taassurotlarini o‘rtoqlashdilar. Asarlarning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda kitobxon hayotidagi o‘rni yuzasidan qiziqarli suhbatlar olib borildi.
📖 Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashni boyitish va faol kitobxonlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


