"Bir asar tarixi'' shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodni kitoblarga mehr qo'ydirish va ma'rifatparvarlik g'oyasini sindirish, dunyoqarashi va ma'naviy olamini boyitishda kitobning o'rni beqiyosligi, kitob o'qishga muhabbat uyg'otish maqsadida faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Bir asar tarixi'' shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Unda O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari oʻquvchilarga yoritib berildi. Asar qahramonlarini hayoti har bir kitobxonni qiziqtirib qo'ydi. Qiziqarli suhbatlar, savol-javoblar bo'lib o'tdi. Shuningdek oʻquvchilarga yangi zamonaviy axborot-kutubxona markazi, kutubxona va kitoblardan foydalanish qoidalari, yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar haqida ham ma'lumotlar berib oʻtildi.Tadbirda 22 nafar o'quvchilar qatnashdilar.


