"Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 20-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Bir asar tarixi" shiori ostida davra suhbati tashkil etilib, unda Xudoyberdi To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari sharhlab berildi.Shu bilan birga turli mazmundagi bolalar adabiyotlari ko'rib chiqishlari uchun taqdim qilindi.Shundan so'ng o'quvchilar o'zlari o'qigan kitoblari haqida ham mulohazalarini so'zlab berishdi. Taqdimot juda qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.