"Bir asar tarixi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 7-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonamizda o'quvchilarning badiiy asarlarga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Kitobsevar millat shiori ostida"Bir asar tarixi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida o'zbek xalq ertaklari kitobidan "Baliqchi qizi" ertagi sharhlandi. Shuningdek ishtirokchilar o'zlari sevib o'qigan ertaklari haqida ham fikr almashdilar hamda ertaklar mazmunini tahlil qilib ulardan olgan hayotiy saboqlari bilan o'rtoqlashdilar. Mazkur tadbir o'quvchilarda kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, badiiy tafakkurini rivojlantirishga hamda ma'naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlashga xizmat qildi va ushbu davra suhbatiga 18 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.



