" Bir asar tarixi " mavzusida "Saratonda qor yogʻdi" asari keng yoritib berildi.
Joriy yilning 8-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar bilan " Bir asar tarixi " mavzusida "Saratonda qor yogʻdi" asari keng yoritib berildi. Asardagi bosh qahramon Abdurahmonning boshidan kechirgan ogʻir kunlari, onasining vafoti, otasining urushga ketishi kabi hayotiy voqealar bolajonlarga keng tushuncha berildi. Suhbat davomida bolajonlar bilan asar toʻgʻrisida qiziqarli savol-javoblar ham boʻlib oʻtdi.



