“Bir asar tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-sentyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan
15-maktabning 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda asarlarni chuqurroq anglash maqsadida “Bir asar tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
💬Davra suhbatida yozuvchi Sadulla Siyoyibning “Sarotonda qor yog‘di” asari atroflicha yoritildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan voqealar, qahramonlar xarakteri va asarda ilgari surilgan g‘oyalar haqida ma’lumotlar berildi.
🚀Suhbat davomida o‘quvchilar asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Asardagi voqealar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.


