"Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20-iyun sanasida Doʼstlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-maktab boshlangʻich oʻquvchilari ishtirokida xalqimizning sevimli yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 105 yilligi doirasida "Bir adib haqida suhbat" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodi hamda asarlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek bolalar vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida qiziqarli oʼyinlar oʻtkazildi va ushbu tadbirga 12 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.