“Bilimlar xazinasi” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Bilimlar xazinasi” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, kitoblar, adabiyot, tarix va turli fanlarga oid qiziqarli savol-javoblarda faol qatnashdilar. Shuningdek, kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va bilimini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va do‘stona muhitda o‘tdi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim olishga intilishini rag‘batlantirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.



