"Bilimlar olamiga xush kelibsiz " nomli sayohat tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 13-noyabr sanasida "INFOLIB Oʻzbekiston-2025" XIV Milliy axborot -kutubxona haftaligi doirasida 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda 7-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Bilimlar olamiga xush kelibsiz " nomli sayohat tashkil qilindi. Ekskursiya davomida oʻquvchilarga kutubxona va kitoblardan foydalanish qoidalari, yangi kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kompyuter va oʻquv zallari haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Sayohatga 20 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.



