Bilimdon o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman maktablarining bitiruvchi, bilimdon o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 16 ta umumta’lim maktabidan tashrif buyurgan jamoalar saralash bosqichida o‘zaro bellashib, eng kuchli 3 ta jamoa final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Final bosqichi murosasiz va qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — 3-maktab jamoasiga
2-o‘rin — 20-maktab jamoasiga
3-o‘rin — 4-maktab jamoasiga
nasib etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning bilim salohiyati, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari namoyon bo‘ldi.


