"Bilim manbaiga sayohat" nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan INFOLIB haftaligi doirasida "Bilim manbaiga sayohat" nomli sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida o'quvchilar kutubxonaning tuzilishi , faoliyati, kitobxonlarga ko'rsatiladigan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar.Sayohat davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishib, yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi va kutubxona imkoniyatlarini amalda ko'rib chiqishdi. Shuningdek o'quvchilarga kitobning inson hayotidagi o'rni, mutolaa shaklini rovojlantirish haqidagi tavsiyalar berildi.


