“Bibliografik tavsiya” nomi ostida kitobxonlar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 16-sentyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bibliografik tavsiya” nomi ostida kitobxonlar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
💬Ko‘rgazmadan Jizzax viloyati va Do‘stlik tumani tarixi, hududning qadimiy o‘tmishi, madaniy-ma’rifiy hayoti va rivojlanishiga oid kitoblar, gazeta va jurnallar, shuningdek, turli ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar o‘rin oldi.
🟦Kitobxonlarga ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berilib, mavzuga oid kitoblarni mutolaa qilish uchun bibliografik tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yosh kitobxonlarning o‘zlari yashab turgan hudud tarixi bilan yaqindan tanishishlari, tarixiy manbalarni o‘rganishlari va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga alohida e’tibor qaratildi.
