"Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor!" shiori ostida milliy qadriyatlar festivali doirasida kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi
Doʻstlik tuman yoshlar bogʻida "Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor!" shiori ostida milliy qadriyatlar festivali tuman hokimligi va tumandagi bir qator mutasaddi tashkilotlar, taʼlim muassasalari, aholi va yoshlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ushbu festival doirasida Madaniyat boʻlimi va 3-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomonidan konsert dasturi, turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek aholini kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida AKM xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil qilinib, koʻrgazmadagi yangi adabiyotlar haqida qisqacha sharhlar berib oʻtildi va aholiga oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi. Koʻrgazmaga 100 ga yaqin kitobxonlar jalb etildi.