Barcha tumanimiz aholisini "Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallariga chorlab qolamiz.
Jizzax viloyat hokimligining 2025-yilning 10-oktyabr sanasi bilan "Kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish maqsadida
⏩" Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi №05-1372-sonli yig‘ilish bayoni imzolandi.
☑️Yig‘ilish Bayoniga asosan viloyatimizda oktabr-dekabr oylarida "Kitobxonlik oyliklari" tashkil qilinadi.
☑️"Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
☑️Tumanimiz aholisi va barcha kitobxonlarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
