"Barcha shodlik senga boʻlsin" nomli Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Joriy yilning 24-dekabr sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazida Erkin Vohidov tavalludining 89 yilligi munosabati bilan 14-maktabning 8-sinf o'quvchilari ishtirokida "Barcha shodlik senga boʻlsin" nomli Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Tadbir avvalida Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida maʼlumot berildi. Soʼngra yozuvchi hayoti va ijodiga bagʻishlangan, shuningdek mantiqiy savollar bilan zakovat oʻyini oʻtkazildi. Oʼquvchilar guruhlarga boʻlinib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar va yakunda diplom va estalik sogʼalar bilan taqdirlandi.



