“Ayol jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Ayol jasorati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga buyuk sarkarda va jasorat timsoli bo‘lgan To‘maris hayotiga bag‘ishlangan “To‘maris” spektakli ekran orqali namoyish etildi. Spektakl orqali To‘marisning mardligi, jasorati, vatanparvarligi hamda yurt tinchligi va ozodligi yo‘lidagi fidoyiligi yoritib berildi.
Tadbir davomida To‘maris siymosining tarixiy ahamiyati, uning jasorati va matonati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchi-yoshlar ham faol ishtirok etib, ayol jasorati, vatanparvarlik va milliy qadriyatlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va oʻzlari ham fikrlarini bayon etdilar.



