“Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” nomli kitobxonlik davra suhbati tashkil etildi
“Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” nomli kitobxonlik davra suhbati
“Bir asar tarixi” shiori ostida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” nomli kitobxonlik davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 14-sentabr kuni A. Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Kitobxon onalar” ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” nomli kitobxonlik davra suhbati tashkil etildi.
🗣Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitob mutolaasi orqali ma’naviy dunyoqarashni boyitish hamda onalarning oilada farzand tarbiyasi va ularning kitobga bo‘lgan mehrini shakllantirishdagi o‘rnini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida mashhur afg‘on-amerikalik yozuvchi Xolid Husayniyning “Ming quyosh shulasi” asari tanlab olindi. Tadbir davomida asarning to‘liq mazmuni, unda aks etgan
💬voqealar, qahramonlarning hayoti, kechinmalari va taqdirlari haqida batafsil so‘zlab berildi.


