Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan targ`ibot ishlari olib borilmoqda
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 5-noyabr sanasida 3-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi xodimlariga kutubxonamizning yangi binosi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar haqida targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi. Targʻibot davomida Maktab xodimlariga kutubxonamizning eng faol aʼzolarining rasmlari tushurilgan stendi ham tanishtirib oʻtildi va shular kabi faol kitobxonlar safida boʻlishlik, oʻquvchilar hamda farzandlarini kitob mutolaasiga jalb qilishlari aytib oʻtildi.


