"Asarlar bilimdoni" viktorinasi tashkil etildi.
Joriy yilning 16-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilari ishtirokida yozgi taʼtil vaqtini mazmunli va maroqli oʻtkazish maqsadida "Asarlar bilimdoni" viktorinasi tashkil etildi. O‘yin davomida bolajonlar savol-javob, krassvord, kitob muallifini toping shartlari asosida oʻz bilimlarini va zukkoliklarini namoyon etishdi. Bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu viktorina barchaga birdek manzur boʻldi va ushbu tadbirga 16 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.