“Andersen bilan sehrli sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 2-aprel sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari tomonidan bolalar yozuvchisi Hans Christian Andersen tavalludining 221- yilligi munosabati bilan “Andersen bilan sehrli sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etillib,kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxon bolajonlar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan ertak va asarlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblar mazmuni haqida qisqacha tushuntirishlar berilib, bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ko‘rgazmadan katta taassurot olib, o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.



