“Andersen bilan sehrli sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 2-aprel sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari tomonidan bolalar yozuvchisi Hans Christian Andersen tavalludining 220 yilligi munosabati bilan “Andersen bilan sehrli sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh kitobxonlarni buyuk adib ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda bolalar adabiyotiga mehr uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada Hans Christian Andersenning mashhur ertaklari va asarlari bilan bir qatorda, boshqa bolalar yozuvchilarining ham sara asarlari keng o‘rin oldi.
