AKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 13-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Microsoft Word dasturida ishlash, qoʻllanmalar tayyorlash va ishlov berish boʻyicha amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.