AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Joriy yilning 17-mart kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish, ularni mamlakatimizda hamda jahon miqyosida yuz berayotgan dolzarb voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat bo‘ldi.
Siyosiy-ma’rifat soati davomida hafta davomida yurtimizda va xorijda sodir bo‘lgan muhim voqea-hodisalar tafsiloti, yangiliklar hamda tahliliy materiallar YouTube ilovasi orqali namoyish etildi. Taqdim etilgan lavhalar asosida kutubxona mutaxassislari dolzarb mavzular yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

