“Adolat davlatning asosi va hukmdorlarning shioridir” nomli zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Buyuk davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 8-aprel kuni Axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tumani tashkilotlari xodimlari hamda o‘quvchi-talabalar ishtirokida “Adolat davlatning asosi va hukmdorlarning shioridir” nomli zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Zakovat intellektual o‘yinida Do‘stlik tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi faol talabalari hamda 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol kitobxon o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda o‘zining topqirligi va zukkoligi bilan 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi 1-o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari 2-o‘rinni, tibbiyot texnikumi talabalari esa 3-o‘rinni egalladilar.
G‘olib jamoalar Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.



