Adliya mutaxassislari tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida tuman Adliya mutaxassislari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🗣 Suhbat davomida ishtirokchilarga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.
📖 Bunday tadbirlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va huquqiy bilimlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


