Adliya mutaxassislari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida tuman Adliya mutaxassislari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🗣 Suhbat davomida ishtirokchilarga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.Shu jumladan, mualliflik huquqi, uning himoyasi, kitoblar, maqolalar va boshqa ijodiy asarlardan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etish, o‘zganing mehnati va intellektual mulkini hurmat qilish masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
📖 Bunday tadbirlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va huquqiy bilimlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


