"Adabiyotning buyuk farzandi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 12-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida qirg'iz adabiyotining eng iste'dodli va jahonga tanitgan yirik namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov tavalludi munosabati bilan "Adabiyotning buyuk farzandi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida adibning hayoti va ijodi eng mashhur asarlari yuzasidan bahs munozara savol-javoblar bo'lib o'tdi.Shu bilan birga adibning "Oq kema", "Jamila" qissalari mazmuni gapirib berildi va "Birinchi muallim" asari taqdimoti tashkil qilindi.Shundan so'ng ishtirokchilar kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyishini tomosha qilishdi.Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib barchaga birdek manzur bo'di. Tadbirda 26 nafar o'quvchi ishtirok etdi.



